Bu yil OTMlarga kirish uchun bo`lib o`tadigan test sinovlari 72 ta binoda o`tkaziladi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar qildi.
Bunda:
- bir smenada 1 ming 274 ta guruhda 38 ming 220 nafar;
- bir kunda (ikki smenada) 2 ming 548 ta guruhda 76 ming 440 nafar abiturient test sinovida ishtirok etadi.
Qayd etilishicha, bugun, 29 iyul kuni soat 09:30 dan 12:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:30 ga qadar barcha abiturientlar o`zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o`tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
Eslatib o`tamiz, test sinovlari barcha hududlarda 1 avgust kuni boshlanib, hududlardagi abiturientlar soni va binolar sig`imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abiturientlar test sinovlariga kiritilmaydi.






