AsosiyDunyo

Hindistonlik er-xotin iPhone 14 sotib olish uchun o`z chaqalog`ini sotdi

'Hindistonlik er-xotin iPhone 14 sotib olish uchun o`z chaqalog`ini sotdi'ning rasmi

Sharqiy Hindistondagi G`arbiy Bengaliya shtatida er-xotin farzandini iPhone 14 sotib olish uchun sotib yubordi, deb yozdi Times of India.

Ma`lum qilinishicha, er-xotin Instagram videolarini yaratish uchun eng yangi gadjetni sotib olish uchun o`z farzandlarini sotishgan.

Qo`shnilar Gosh oilasining xatti-harakatlarida g`alati o`zgarishlarni payqagach, voqea ma`lum bo`ladi. Ularning sakkiz oylik chaqalog`i shunchaki g`oyib bo`ladi, ammo ota-onalar hech qanday qayg`u belgilarini ko`rsatmaydi. Qolaversa, er-xotin o`tmishda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelganini inobatga olib, narxi kamida million bo`lgan qimmatbaho telefonning xarid qilinishi ham qo`shnilarda shubha uyg`otdi.

Shundan so`ng, ayol va uning eri haqiqatan ham iPhone sotib olish uchun farzandini sotganini tan oldi, bu ularga Bengaliyaning turli qismlarida sayohat videolarini yaratish va ularni Instagramda joylashtirish imkonini bergan.

Ma`lum bo`lishicha, ota sakkiz oylik chaqaloqni sotishdan oldin, etti yoshli qizini ham sotishga uringan.

Mahalliy polisiya Sati ismli onani hibsga olishga muvaffaq bo`ldi, biroq oilaning otasi Gosh qochishga muvaffaq bo`ldi. U hali ham qidirilmoqda. Polisiya er-xotinga nisbatan jinoiy ish ochgan, bolani sotib olgan ayol ham odam savdosi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Qayd etilishicha, bu voqea birinchi hodisa emas. Hindistonda ota-onalar o`z farzandlarini moddiy manfaat ko`zlab sotishga yo`l qo`ygan bir necha holatlar bo`lgan. Bundan tashqari, 2016 yilda xitoylik er-xotin ham iPhone sotib olish uchun 18 kunlik qizini 3530 dollarga sotgan.

Shu yilning mart oyida avstraliyalik ayol sudda tug`ilmagan farzandini iPhonega almashtirmoqchi ekanligini ma`lum qilgan edi. Keyinchalik u ikki qizini to`qqiz soat davomida mashinaga qamab qo`ygan va bu ularning o`limiga olib kelgan.

    Boshqa yangiliklar