AsosiyDunyo

Moskvada Ukrainaning uchuvchisiz samolyoti urib tushirildi

'Moskvada Ukrainaning uchuvchisiz samolyoti urib tushirildi'ning rasmi

Moskva meri Sergey Sobyanin jumaga o`tar kechasi poytaxt osmonida Ukraina uchuvchisiz uchog`i urib tushirilganini aytdi.

Rossiya Federasiyasi Mudofaa vazirligi ham “Moskva viloyatidagi ob`ektlarga hujum qilishga uringan” urib tushirilgan uchuvchisiz samolyot haqidagi ma`lumotni tasdiqladi.

“Bugun ertalab Kiev rejimining uchuvchisiz apparati tomonidan Moskva viloyatidagi ob`ektlarga terrorchilik hujumi uyushtirishga urinishi bartaraf etildi”, — deyiladi xabarda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Ukraina havo hujumchi uchog`i mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan, qurbonlar va vayronagarchiliklar yo`q.

    Boshqa yangiliklar