AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyati sobiq Ichki ishlar boshlig`i Muhiddin Jo`raev viloyatda jinoyatchilikka qarshi kurashish o`rniga statistikani sun`iy kamaytirish bilan shug`ullangani aniqlandi

'Farg`ona viloyati sobiq Ichki ishlar boshlig`i Muhiddin Jo`raev viloyatda jinoyatchilikka qarshi kurashish o`rniga statistikani sun`iy kamaytirish bilan shug`ullangani aniqlandi'ning rasmi

Prezident raisligidagi yig`ilish davom etmoqda. 

Ushbu yig`ilish bejizga Farg`onada o`tkazilmayapti. Chunki bugun barcha yo`nalishlar bo`yicha eng ko`p tilga olingan hudud bu Farg`ona bo`layapti.

Sababi, viloyatdagi kriminogen vaziyat achinarli holda”, dedi davlatimiz rahbari.

Kecha viloyat ichki ishlar boshlig`i lavozimidan ozod etilgan M.Jo`raev jinoyatchilikka qarshi kurashish o`rniga statistikani sun`iy kamaytirish bilan shug`ullanib kelgani ko`rsatib o`tildi.

Viloyatda jinoyatlarni ro`yxatga olmaslik orqali ularni yashirish oddiy holga aylanib qolgan.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha o`ziga yuklatilgan vazifalarga sovuqqonligi, korrupsiya holatlariga yo`l qo`ygani va mansab vakolatidan shaxsiy manfaatlarida foydalanib kelganligi uchun Qo`qon shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i va uning birinchi o`rinbosari, Qo`qon shahar ichki ishlar jamoat tartibini saqlash bo`limi komandiri o`rinbosari, O`zbekiston tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`i lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, viloyat prokurorining ichki xavfsizlik bo`yicha yordamchisi, viloyat prokuraturasi iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo`limi boshlig`i, viloyat prokurorining voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha yordamchisi, Rishton tumani prokurori ishdan olindi.

Bosh prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmatiga ularning faoliyatiga qonuniy baho berib, tergov harakatlarini boshlash topshirildi.

Shuningdek, qo`l ostidagi xodimlari hamda ichki ishlar idoralarida qonun ijrosi ustidan nazoratni susaytirib yuborgani uchun Farg`ona viloyati prokurori B.Ismoilovga hayfsan berildi.

 

    Boshqa yangiliklar