AsosiyJamiyat

Milliy gvardiya qo`mondonining birinchi o`rinbosari ishdan olindi

'Milliy gvardiya qo`mondonining birinchi o`rinbosari ishdan olindi'ning rasmi

Prezident jamoat joylarida tinchlikni ta`minlash masalalariga alohida to`xtaldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Milliy gvardiyaga qo`shimcha vakolat berilib, park, xiyobon va bozorlarda jamoat tartibini saqlash ushbu tuzilma zimmasiga yuklandi.

Lekin bozorlarni “jinoyatdan xoli hudud”ga aylantirish borasida Milliy gvardiyaning faoliyati qoniqarli emasligi ta`kidlandi.

Shu yilning o`zida Milliy gvardiya mas`ul bo`lgan hududlardagi 236 ta jinoyatning 86 foizi aynan bozorda sodir etilgan.

Umuman, Milliy gvardiya javobgarligi ostidagi hududlarda jinoyatlarga qarshi kurashish bo`yicha tizim yaratilmagani ko`rsatilib, Milliy gvardiya qo`mondonining jamoat xavfsizligini ta`minlash bo`yicha birinchi o`rinbosari I.Ibragimov lavozimidan ozod etildi.

Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmaganligi uchun Milliy gvardiyaning Jizzax va Surxondaryo viloyatlari boshliqlari hamda Navoiy shahar qo`riqlash bo`limi boshlig`ini ishdan bo`shatishga ko`rsatma berildi.

 

    Boshqa yangiliklar