Yig`ilishda o`tgan olti oyning o`zida turli nizolar tufayli 600 dan ziyod jinoyat sodir etilgani ta`kidlandi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ayollar jinoyatchiligining 40 foizga yaqini ishlamaydigan yoki doimiy band bo`lmagan xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan. Bundan tashqari, jinoyatdan 2,7 mingga yaqin, oilaviy zo`ravonlikdan 20 mingga yaqin ayollar jabr ko`rgan.
Davlatimiz rahbari yaqinda Farg`onada 11 yoshli qizchaning murdasi zo`rlash va qotillik alomatlari bilan topilganini tilga olib, bu holat vaziyat qanchalik og`irligini ko`rsatib turganligini aytdi.
Ayrim mahallalarda xotin-qizlar faollari instituti kutilgan natijani bermayotgani qayd etildi.
Davlatimiz rahbari yangi tuzilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi doirasida har bir tumanda:
- ijtimoiy xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ko`rsatadigan ijtimoiy xizmatlar markazlari;
- psixolog, huquqshunos, ijtimoiy xodimdan iborat “mobil guruhlar”;
- zo`ravonlikka uchragan ayollarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bo`yicha “Koll-markazlar” tashkil qilishni topshirdi.
Qiyin ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar uchun huquqiy va psixologik yordam ko`rsatish xizmatini kengaytirish vazifasi qo`yildi.
Agentlik viloyat hokimlari bilan birga yil yakuniga qadar barcha hududlarda aholiga ijtimoiy ko`mak ko`rsatuvchi “Inson” markazlarini ishga tushiradi.
28.07.2023 17:16
Prezident Farg`onada 11 yoshli qizchaning murdasi zo`rlash va qotillik alomatlari bilan topilgani haqida gapirdi






