Prezident raisligidagi yig`ilish davom etmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Viloyatda voyaga etmaganlar sodir etgan og`ir jinoyatlarning 20 foizi va o`ta og`ir jinoyatlarning 43 foizi aynan Qo`qon shahriga to`g`ri kelgan. Achinarlisi, 47 nafar maktab va 18 nafar kollej o`quvchilari jinoyatga qo`l urgan.
Bu butun respublika bo`yicha eng yomon ko`rsatkich hisoblanadi.
Yoshlar ishlari agentligi, huquq-tartibot idoralari Qo`qondagi vaziyatni jilovlashda e`tiborsizlik va sustkashlikka yo`l qo`yayotgani tanqid qilindi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlashni o`z holiga tashlab qo`ygani uchun:
- Sirdaryo va Navoiy viloyatlari hokimlarining yoshlar siyosati bo`yicha o`rinbosarlari Sh.Zayniddinov va Ya.Dushanov;
- Sirdaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining jamoat tartibini saqlash bo`yicha o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.






