AsosiyJamiyat

Farg`onada Shavkat Mirziyoev raisligida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay`at yig`ilishi boshlandi

'Farg`onada Shavkat Mirziyoev raisligida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay`at yig`ilishi boshlandi'ning rasmi

Farg`ona shahrida Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay`at yig`ilishi boshlandi.  Unda Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirok etmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi xabar berdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoev Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay`at yig`ilishida huquq-tartibot sohasidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusidagi vazifalarni belgilab bermoqda.

“Biz islohotlarimizning ilk kunlaridanoq inson qadrini ulug`lashni eng oliy qadriyat sifatida e`tirof etdik va bu borada katta o`zgarishlarni boshladik.

Yangi O`zbekiston, bu – huquqiy davlat ekanligini yangilangan Konstitusiyamizda ham muhrlab qo`ydik.

Yagona maqsadimiz – adolat va qonun ustuvorligini ta`minlash orqali xalqimizni rozi qilishdan iborat”, - dedi davlat rahbari so`zining avvalida.

Birgina oxirgi ikki yil ichida huquq-tartibot faoliyatiga oid 10 ta qonun, 40 ga yaqin Prezident farmon va qarorlari, 60 dan ortiq hukumat qarorlari qabul qilingani qayd etildi.

Huquq-tartibot organlari, ayniqsa ichki ishlar xodimlarining oylik maoshi keskin oshirildi va ko`plab imtiyozlar berildi.

    Boshqa yangiliklar