Eronda bukmekerlarni reklama qilgan va qimor o`yinlarida millionlab pul ishlab topganini da`vo qilgan bloger Milad Hotamiyni osib o`ldirishga hukm qilindi. Bu haqda “Arbat Media” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Hotamiy Turkiyada hibsga olinib, 2021 yilda Interpol talabiga binoan Eronga ekstradisiya qilingan. Eronda u ikki yil sud qilingan.
Hozirda 959 ming obunachiga ega bo`lgan blogerning akkaunti bloklangan. Profil sarlavhasida aytilishicha, sahifa faoliyati adliya organlarining buyrug`i bilan jinoiy tarkib nashr etilgani sababli to`xtatilgan.
Aybdorlik hukmi chiqarilganidan beri to`rt oy o`tgan. Shuning uchun u allaqachon kuchga kirishi mumkin.






