AsosiyJamiyat

O`zbekistonda dam olish kunlari harorat pasayadi, qator viloyatlarda yomg`ir ham yog`ishi mumkin

'O`zbekistonda dam olish kunlari harorat pasayadi, qator viloyatlarda yomg`ir ham yog`ishi mumkin'ning rasmi

Ushbu haftaning katta qismida O`zbekiston hududi bo`yicha kuzatilgan juda issiq ob-havodan so`ng, kecha O`zbekistonning shimoli-g`arbiy hududlariga Qozog`iston hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi boshlandi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida harorat 6-9  darjaga, ba`zi joylarda 10-12 darjaga pasaydi.

"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun nisbatan salqin havoning kirib kelishi O`zbekistonning qolgan barcha hududlariga tarqaladi, ammo haroratning pasayishi respublikaning shimoli-g`arbida pasaygani kabi sezilarli bo`lmaydi. Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida kunduzgi harorat 33-38 darja atrofida, janubda 40-42 darajagacha bo`ladi.

Respublika hududining katta qismida bugun kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda asosan jadalligi biroz bo`lgan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.

Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to`zon bilan kuzatilishi kutilmoqda.

28-30 iyulda respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Poytaxtda: 28-30 iyul kunlari havo asosan kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, bugun kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bugun kunduz kuni harorat 35-37o, dam olish kunlari 36-39 darja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar