AsosiyDunyo

Damashqda portlash oqibatida 6 kishi halok bo`ldi

'Damashqda portlash oqibatida 6 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Payshanba kuni Suriya poytaxti Damashq yaqinida sodir bo`lgan portlashda 6 kishi halok bo`ldi, 46 kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda Zamon.uz. 

Ma`lumotlarga ko`ra, voqea al-Said Zaynab yaqinidagi al-Sudan ko`chasida sodir bo`lgan. U erda motosiklga o`rnatilgan portlovchi qurilma masofadan turib ishga tushirilgan. Suriya sog`liqni saqlash vaziri Hasan al-G`abboshning so`zlariga ko`ra, 20 kishi jarohatlangan. Ularga voqea joyida tibbiy yordam ko`rsatildi, qolganlari shifoxonalarga etkazildi.

Portlashdan keyin voqea joyiga 11 tez yordam mashinasi yuborilgan. Bu so`nggi 48 soat ichida hududda sodir bo`lgan ikkinchi portlashdir. 

    Boshqa yangiliklar