Farg`ona viloyatining Quvasoy tumanida fuqaro M.B. o`g`rilik jinoyati yuzasidan IIBga murojaat qildi. Unda keltirilishicha, 11 iyul kuni noma`lum shaxs Xuvaydo MFY hududidagi to`yxonasiga g`ayriqonuniy ravishda kirib, narxi 6 mln so`mlik muzlatgich, bir dona narxi 9 mln so`mlik “Kleo” nomli salqin ichimliklar muzlatgichi va 4 dona narxi 3 mln so`mlik rangli qandillarini yashirin ravishda o`g`irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169 moddasi 2 qismi “g” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.J va voyaga etmagan X.A.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 169 moddasi 2 qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.






