Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 28-29-30 iyul kuni 3 smenada — 8:00, 12:00 va 17:00da SMS-xabarnomada ko`rsatilgan joyda bo`lib o`tadi.
Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma`lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.
Imtihon bosqichlari quyidagicha:
Aniq fanlar yo`nalishi uchun (5-sinflar):
- matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
- ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
Tabiiy fanlar yo`nalishi uchun (7-sinflar):
- tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
- ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi, qo`shimcha vaqt berilmaydi.
Ma`lumot uchun, Toshkent viloyati o`quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo`lib o`tadi.
Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e`lon qilinadi.






