AsosiyJamiyat

Prezident farg`onalik bir qancha mansabdorlarni ishdan oldi

'Prezident farg`onalik bir qancha mansabdorlarni ishdan oldi'ning rasmi

Prezident raisligida Farg`onada o`tkazilayotgan yig`ilishda dehqonlarga ekin erlarini ijaraga berish ishlari ham nomiga tashkil qilingani ko`rsatib o`tildi.  

Jumladan, aholi yashash joyidan uzoqda joylashgani, suv ta`minoti og`irligi sabab 1 ming 157 gektar ekin erlari tanlovga qayta-qayta qo`yilmoqda.

Viloyatda ekinlarni etishtirish uchun xarajatlar 1 sotix er maydoniga o`rtacha 220 ming so`mni tashkil qilib, respublika o`rtacha ko`rsatkichidan 1,5 barobar ko`p.

Shuningdek, o`tkazilgan so`rovlar natijasiga ko`ra, 32 foiz er egalariga tuman hokimligi tomonidan hech qanday yordam ko`rsatilmagan.

Inflyasiyani jilovlash, bozorlarda narxlar barqarorligini ta`minlashda hokimlar tomonidan ko`rilayotgan choralar ham qoniqarsiz ekani qayd etildi.

Shu bois, hududida ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun Farg`ona viloyat hokimining birinchi o`rinbosari A.Urinboev, viloyat soliq boshqarmasi boshlig`i A.Tillavoldiev, Rishton tumani hokimi S.Soliev, Marg`ilon shahar hokimi A.Ziyavitdinov va soliq boshlig`i T.Xusanov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, viloyat hokimining qurilish hamda investisiya bo`yicha o`rinbosarlari, Bag`dod, Quva va Buvayda tumanlari hokimlariga hayfsan e`lon qilindi.

Farg`ona shahri hokimi va sektor rahbarlarining lavozimi 3 oy sinov muddati bilan o`z vazifasini bajaruvchi darajasiga tushirildi.

    Boshqa yangiliklar