Namangan viloyatida joylashgan Chodak dam olish maskanida ikki qiz arg`imchoqdan tushib ketgani aytilgan video tarqaldi. FVV ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlar yuzasidan ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilganda ushbu videodagi holat Chodak dam olish maskanida emas, bir yil oldin chet mamlakatlarning birida sodir bo`lgani ma`lum bo`ldi. Ijtimoiy tarmoqda tarqalib, muhokamalarga sabab bo`lgan holat O`zbekistonda sodir bo`lmagan.






