AsosiyJamiyat

Toshkentdagi ayrim avtobuslarning yo`nalish harakati qisqartirildi

'Toshkentdagi ayrim avtobuslarning yo`nalish harakati qisqartirildi'ning rasmi

Joriy yil 5 avgustdan boshlab 98-sonli yangi avtobus yo`nalishi qisqarmoqda. , 98-sonli "Chilonzor buyum bozori – Elektrokabel zavodi” yo`nalishi harakati Elektrokabel zavodi bekatidan Toshkent MUM bekatigacha qisqartiriladi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" axborot xizmatining ma`lum qildi. 

Shuningdek, 60-sonli “Elektrokabel zavodi – Toshkent MUM” yo`nalishida xizmat ko`rsatuvchi Elektorbuslar soni 4 tadan 8 taga oshiriladi.

98-sonli yo`nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo`lovchilar Elektrokabel zavodi bekatigacha etib olish uchun 24-iyul kunidan boshlab Elektrobuslar asosida tashkil etilgan yangi 60-sonli “Elektrokabel zavodi – Toshkent MUM” yo`nalishi xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud.

Shu bilan birga 5-avgust kunidan boshlab 2-sonli avtobus yo`nalishi qisqartirilmoqda. 2-sonli "Chilonzor 25-dahasi– Ekskavator zavodi” yo`nalishi harakati Ekskavator zavodi bekatidan Amir Temur hiyoboni bekatigacha qisqartiriladi.

2-sonli yo`nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo`lovchilar Ekskavator zavodi bekatigacha etib olish uchun 89-sonli avtobus yo`nalishi xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud.

Undan tashqari, 5-avgust kunidan boshlab 87-sonli avtobus yo`nalishi qisqartirilmoqda. 87-sonli “Qora qamish 2/4-mavzesi – Chinni bozori” yo`nalishi harakati Chinni bozori bekatidan Al-Xorazmiy bekatigacha qisqartiriladi.

87-sonli yo`nalish xizmatlaridan foydalanuvchi yo`lovchilar Chinni bozorigacha etib olish uchun 146-sonli avtobus yo`nalishi xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud.

    Boshqa yangiliklar