AsosiyJamiyat

Buxoroda Gentra haydovchisi IIO xodimini urib yubordi (video)

'Buxoroda Gentra haydovchisi IIO xodimini urib yubordi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimini mashina urib yuborganligi ask etgan video va xabarlar tarqalgandi.

 Holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Mazkur yo`l-transport hodidasi bugun, 27 iyul kuni soat 11:40 atrofida Buxoro shahar I.Mo`minov ko`chasida sodir bo`lgan.

Unda 1998 yilda tug`ilgan fuqaro boshqaruvida bo`lgan Lacetti (Gentra) avtomashinasida shu ko`chadan piyoda yo`lni kesib o`tayotgan fuqaroni urib yuborgan.

Aniqlanishicha, piyoda 1977 yilda tug`ilgan Buxoro shahar IIO FMB HPB xodimi kapitan J.T. bo`lgan.

RShTYoIM Buxoro filiali hamda IIB Tibbiyot bo`limi shifokorlari nazoratida ushbu xodimga tibbiy muolajalar ko`rsatilgan.

Qayd etilishicha, hozirda uning ahvoli qoniqarli.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar