AsosiyDunyo

BAA Prezidentining ukasi vafot etdi

'BAA Prezidentining ukasi vafot etdi'ning rasmi

Bugun, 27 iyul kuni Prezidentning ukasi Said bin Zayd al-Nahayon sog`lig`idagi muammolar tufayli 58 yoshida vafot etgan. Bu haqda amirliklarning davlat agentligi xabar berdi

Qarindoshlari uning qanday kasal bilan og`rigani haqida hech qanday ma`lumot bermagan. Shu munosabat bilan mamlakatda 29 iyulgacha uch kunlik motam e`lon qilindi. 

Ma`lumot uchun, shayx Said 1965 yilda al-Ayn shahrida tug`ilgan va 1988 yilda BAA universitetida siyosiy fanlar bo`yicha bakalavr darajasini olgan. O`qishni tamomlagach, Abu-Dabiga rejalashtirish vazirining o`rinbosari etib tayinlangan. 1991-1996 yillarda dengiz portlari departamenti raisi lavozimida ishlagan. Shuningdek, u vafotiga qadar Abu-Dabi rahbarining vakili sifatida faoliyat olib borgan.

    Boshqa yangiliklar