AsosiyJamiyat

Toshkent toza havoli megapolislardan biriga aylantiriladi

'Toshkent toza havoli megapolislardan biriga aylantiriladi'ning rasmi

"Toshkent shahrini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Prezident Farmoni (PF–112-son, 26.07.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazrilgi xabar qildi. 

Farmonga ko`ra, madaniyat va istirohat bog`lari, xiyobonlar va bulvarlar qiyofasini o`zgartirish, yashil hududlarni keskin ko`paytirish orqali poytaxtni toza havoli megapolislardan biriga aylantirish Toshkent shahrini 2030 yilgacha rivojlantirishning asosiy yo`nalishlaridan biri etib belgilandi.

Shunga ko`ra, Toshkent shahrida qo`shimcha 4 ming gektar yashil hududlar tashkil etiladi.  

Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlar o`rtasida o`zaro manfaatli hamkorlik asosida investisiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash tartibi 2027 yil 1 yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi.

Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg`armasi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg`armasi etib qayta nomlandi.

Farmon bilan davlat va tadbirkorlar o`rtasida “ko`prik” vazifasini bajaruvchi “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.

 

    Boshqa yangiliklar