Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Farg`ona viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha, ba`zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 37-42°, janubda ba`zi joylarda 43-44° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-17 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 38-40° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo`ladi.
27.07.2023 08:03
Kun qizdirishda davom etadi: bugun ham harorat 44 daraja issiq bo`lishi prognoz qilindi






