Toshkent shahrining ettita tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasiga vaqtinchalik cheklovlar o`rnatildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Yashnobod, Olmazor, Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Chilonzor va Sergeli tumanlarining ba`zi hududlarida yuklama sabab vaqtincha cheklovlar kiritildi. Cheklovlar ayni paytda ob-havoning keskin isishi natijasida elektr energiyasida yuqori iste`mol kuzatilayotgani sababli elektr uzatish liniyalari, podstansiyalar hamda taqsimlash qurilmalarida vujudga kelishi mumkin bo`lgan yirik avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida o`rnatilgan.
Qayd etilishicha, taqsimlash punktlari sovishi bilan qayta tarmoqqa ulanadi.






