Endilikda Yangiyo`l tumanida mashhur brendlar ostida kiyim-kechaklar ishlab chiqariladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmatining xabar berdi.
Qayd etilishicha, tuman mas`ullari 2 ta bosqichdan iborat tekstil-to`qimachilik yo`nalishida yangi loyihani amalga oshirish yuzasidan Turkiya davlatining “MEDEX TEXTILE” korxonasi rahbari Yavuz Orxan bilan uchrashgan.
Dastlab, trikotaj mato ishlab chiqarish va bo`yash ishlarini amalga oshirish loyihasini yo`lga qo`yishga kelishib olingan.
Ikkinchi bosqichda tayyor kiyim-kechaklar ishlab chiqarish borasidagi investorlarning takliflari muhokama qilingan.
Mazkur loyihalar doirasida 500 ta yangi ish o`rinlarni yaratish hamda yiliga 20-30 mln dollar miqdorida eksportni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Ma`lumot o`rnida, Yangiyo`l tumanida joriy yilning 6 oyi mobaynida umumiy qiymati 48,3 mln. dollar miqdorida 36 ta loyihalar ishga tushirilgan.






