AsosiyDunyo

Kuchli zilzilalarni oldindan bashorat qilish usuli topildi

'Kuchli zilzilalarni oldindan bashorat qilish usuli topildi'ning rasmi

Nissadagi Côte d'Azur universiteti olimlari GPS signallaridagi kichik o`zgarishlar katta zilzilalarni sodir bo`lishidan taxminan ikki soat oldin bashorat qilishini aniqlashdi.

Bu singnallar ko`plab odamlarning hayotini saqlab qolishi mumkin.

Olimlar etti va undan ortiq magnitudali 90 ta yirik zilziladan olingan GPS ma`lumotlarini tahlil qilishdi va oldingi fazaning dalillarini topdi, bu davrda tektonik plitalarning yoriq chiziqlari siljiy boshlaydi, natijada kuchli zilzilalar yuzaga keladi.

Qayd etilishicha, kuchli zilzilalarni aniq bashorat qilishga boshqa urinishlar ham bo`lgan, afsuski, ular muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bu ko`p jihatdan olimlarning ushbu signallar va haqiqiy seysmik faollik o`rtasidagi bog`liqlikni to`liq tushunmaganligi bilan bog`liq.

Ular kuchli zilzilani muddatidan oldin bashorat qilishning ishonchli usulini ishlab chiqishdi, bu esa odamlarni o`z vaqtida xabardor qilish va evakuasiyani boshlash imkonini beradi, deb xabar beradi korrespondent.net.

    Boshqa yangiliklar