AsosiyJamiyat

"Qamchiq" dovonining bir qismida harakat bir muddatga cheklandi

'"Qamchiq" dovonining bir qismida harakat bir muddatga cheklandi'ning rasmi

"Qamchiq" dovonidan o`tuvchi avtomobil yo`lida (A-373 yo`lining 260-kilometri) harakat qisqa muddatga cheklandi. Bu haqda YHXX xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Mudofaa hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tomonidan rejali o`quv mashg`uloti o`tkazilishi munosabati bilan xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo`lining "Qamchiq" dovonidan o`tuvchi qismida (260-kilometrida) transport vositalarining harakati bugun soat 10:00 dan vaqtincha, qisqa muddatga cheklandi.

"Haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya etishlarini so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar