AsosiyJamiyat

O`zbekistonda guruch taqchilligi bo`lib, narxlar oshishi haqida xabarlar tarqalmoqda

'O`zbekistonda guruch taqchilligi bo`lib, narxlar oshishi haqida xabarlar tarqalmoqda'ning rasmi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda O`zbekistonda guruch taqchilligi yuzaga kelishi sabab uning narxi keskin oshishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarda bunga sabab Hindiston O`zbekistonga guruch eksportni kamaytirib yuborgani aytiladi. O`zbekiston Qishloq xo`jaligi vazirligi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, so`nggi 5 yilda Hindistondan jami 232,6 tonna guruch importi amalga oshirilgan, xolos. Joriy yilda guruch asosan Qozog`istondan (29,3 ming tonna, 54,7 foiz) va Pokistondan (23,2 ming tonna 43,3 foiz) import qilingan.

Joriy yilda Hindistonning boshqa mamlakatlarga guruch eksportini to`xtatishi O`zbekistonga o`z ta`sirini ko`rsatmaydi.

O`zbekiston hududlarida 2022 yilda 105,8 ming gektar maydonlarda sholi ekilib, 516,9 ming tonna sholi etishtirildi. Guruch hisobida 310 ming tonnani tashkil etadi. Ya`ni, aholi talabiga nisbatan 43 ming tonna kam guruch ishlab chiqariladi (2021 yilga nisbatan 48 ming tonna ko`p sholi etishtirilgan).

Bugungi kunda O`zbekiston dehqon bozorlarida guruchning 1 kg narxi navidan kelib chiqib, 11 500 so`mdan 25 000 so`mgacha sotilmoqda (o`tgan yil mos davriga nisbatan 35,2 foizga o`sgan).

"Aholini turli ijtimoiy tarmoqlardagi guruchni narxini oshib ketishi asossiz targ`ib qilishidan ogoh bo`lishga, bu faqatgina sepekulyativ holat yoki guruch narxini asossiz oshirishga harakatlarni amalga oshirishga turtki bo`layotganligini ma`lum qilamiz", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar