2023 yilning fevralida Jinoyat kodeksining 2 moddasi bilan ayblanib, prosessual tartibda ushlangan bloger Abduqodir Mo`minov ishi bo`yicha 25 iyul kuni ilk sud majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov ma`lum qildi.
”Oynaga qarang” MChJ rahbari bo`lgan 33 yoshli Abduqodir Mo`minov Jinoyat kodeksining 141−1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) 2-qismi ”a”, ”b” bandlari, 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi ”a” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi ”b”, ”v” bandlari, 4-qismi ”a” bandi, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzish) 1-qismi va 28,211-moddasi (pora berishda ishtirokchilik) 3-qismi ”a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Mazkur ish jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudi raisi S.Sodiqov raisligida ko`rib chiqilmoqda.
”Qo`shimcha ma`lumot sud jarayoni yakuni bo`yicha beriladi”, — deyiladi Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov axborotida.
Eslatib o`tamiz, tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko`ra, mazkur jinoyat ishi bo`yicha 14 nafar jabrlanuvchi mavjud bo`lib, jinoyat oqibatida ularga jami 903 mln 421 ming 567,5 so`m miqdorida moddiy zarar etkazilgani aniqlangan.






