“Toshkent-Samarqand” pullik yo`lini qurish loyihasini davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish bo`yicha Transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda ETTB vakillari o`rtasida uchrashuv o`tkazildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur pullik yo`l qurish loyihasining texnik iqtisodiy asosini ETTB tomonidan yollangan Turkiyaning “Proyapı Mühendislik ve Müşavirlik” kompaniyasi ishlab chiqmoqda.
Buning uchun $1,5 mln miqdoridagi grant mablag`lari yo`naltirilgan.
Tomonlar loyihaning texnik iqtisodiy asosini ishlab chiqishni jadallashtirish hamda xususiy sherikni aniqlash bo`yicha tender jarayonlarini tashkillashtirish bilan bog`liq masalalarni muhokama qilishdi.






