AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekiston bo`ylab issiq va changli ob-havo kuzatiladi

'Ertaga O`zbekiston bo`ylab issiq va changli ob-havo kuzatiladi'ning rasmi

Ertaga, 26 iyul kuni O`zbekistonning ayrim hududlarida havo chang-to`zonli, harorat esa 44 daraja issiq bo`lishi prognoz qilindi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-27 daraja iliq, kunduzi 40-42 daraja issiq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston respublikasida havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda 20-22 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda 20-22 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba`zi joylarda 20-22 m/s gacha etishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja iliq kunduzi 39-44 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 25-30 daraja iliq, kunduzi 39-44 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar