AsosiyDunyo

Endi davlat qo`riqchilari Nursulton Nazarboevni qo`riqlamaydi

'Endi davlat qo`riqchilari Nursulton Nazarboevni qo`riqlamaydi'ning rasmi

Qozog`iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboev davlat qo`riqchilaridan mahrum qilinadi. Tegishli farmon amaldagi prezident Qosim-Jo`mart To`qaev tomonidan imzolandi. Bu haqda Kaztag.kz xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, farmonda Davlat xavfsizlik xizmati 4 avgustdan mamlakatning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboev xavfsizligini ta`minlamaydi. Shu bilan birga, uning daxlsizligi saqlanib qoladi. Nazarboevga kvartira, davlat dachasi, shaxsiy tansoqchilar, haydovchi, mashina va tibbiy yordam ko`rsatiladi.

Mazkur qaror 2023 yil fevralida qabul qilingan “Qozog`iston respublikasining birinchi prezidenti – elboshi to`g`risida”gi qonunga asoslanadi. Qonun Nazarboev va uning yaqinlarining maqomi va imtiyozlarini belgilab beradi.

Nazarboev davlat qo`riqlash xizmati to`g`risidagi nizomga o`zgartirish kiritilgandan keyin ham davlat himoyasidan chetda qolmaydi. U sobiq prezident sifatida davlat himoyasidan foydalanishda davom etadi.

Qozog`iston Davlat xavfsizlik xizmati bevosita prezidentga bo`ysunuvchi va unga hisobot beradigan maxsus davlat organi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar