Bugun, 25 iyul kuni Turkiyaning markaziy qismida 5,4 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Evropa-O`rtaer dengizi seysmologiya markazi xabar berdi.
Unga ko`ra, tabiiy ofat epimarkazi Adana viloyati Kozan shahri 18 km shimoli-sharqda, 12 km chuqurlikda joylashgan.
Falokat va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, zilzila oqibatida hech kim jabrlanmagan, vayronalar ham qayd etilmagan.
"Zilzila taxminan besh soniya davom etdi. Qurbonlar va vayronalar yo`q. Vahima qilish uchun hech qanday sabab yo`q", dedi Falokat va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish vazirligi Xatarlarni kamaytirish boshqarmasi rahbari Orxan Tatar.






