AsosiyJamiyat

Xivadagi bozorda sodir bo`lgan yong`in o`chirildi

'Xivadagi bozorda sodir bo`lgan yong`in o`chirildi'ning rasmi

Xorazm viloyati Xiva shahrida joylashgan bozorda yirik yong`in chiqqani haqidaxabar berilgan edi. FVV axborot xizmati yong`in bartaraf etilganini ma`lum qildi.

Unga ko`ra, “Xiva Universal kiyim-kechak bozori” hududida sodir bo`lgan yong`in soat 19:25 da o`rab olinib, soat 20:10 da bartaraf etildi. Yong`in natijasida taxminan 1000 kv.m maydonda konteyner va engil tipdagi savdo rastalari yonib zararlangan.

Yong`inni bartaraf etishga 12 ta yong`in-qutqaruv ekipaji va 9 ta suv tashishga mo`ljallangan avtomobillar jalb etilgan. Hodisa oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohatini olish va halok bo`lish holatlari to`g`risida ma`lumotlar kelib tushmadi. 

Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVB rahbar xodimlari etib borgan.

    Boshqa yangiliklar