AsosiyJamiyat

Xivadagi bozorda ham yirik yong`in chiqdi (video)

'Xivadagi bozorda ham yirik yong`in chiqdi (video)'ning rasmi

Xorazm viloyati Xiva shahrida joylashgan bozorda ham yirik yong`in chiqdi. 

FVV holat yuzasidan dastlabki ma`lumotlarni e`lon qildi

Unga ko`ra, 24 iyul kuni soat 17:42 da Xorazm viloyati Xiva shahar “Sangar” MFY Elobod ko`chasida  joylashgan “Xiva buyum bozori” hududidagi kiyim-kechak hamda oziq-ovqat do`konlarida yong`in sodir bo`layotgani to`g`risida FVBga xabar tushgan. 12 ta yong`in-qutqaruv ekipaji 17:50 da etib borib, yong`in o`rab olingan va hozirda bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Vaziyat nazoratga olingan.

Yong`in oqibatida fuqarolarning kuyish, tan jarohati olish va halok bo`lish holatlari qayd etilmadi. Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVB rahbar xodimlari etib borgan.

    Boshqa yangiliklar