Ichki ishlar vazirligi Ulan Japarovni bojxonadagi korrupsion sxemalarda ishtirok etganlikda gumon qilib qo`lga olgan edi.
Ma`lumot uchun, u prezident amakivachchasi Raqimjon Japarovning o`g`li. Ulan Japarov hozirda tergov izolyatorida hibsda saqlanmoqda.
Qirg`iziston prezidenti Sadir Japarov jiyani Ulan Japarovning hibsga olinishiga izoh berdi. Bu haqda Kabar axborot agentligiga xabar berdi.
Japarov “hammaga birdek munosabatda bo`lish kerak”, deb ta`kidladi. Agar biror kishi korrupsiyaga aloqador bo`lsa, u kim bo`lishidan qat`i nazar, qamoqqa olinishi kerakligini bildirdi.
“Davlatga ikki barobar zararni qoplaganingdan keyingina ozod etilasan. To`lamasang, ketolmaysan. U mening ukam, deb jinoyatchini qo`lga olishiga yo`l qo`ymasam, boshqa aka-ukalar ham aralasha boshlaydi. Qirg`izlarda yaxshi ibora bor: Birning jazosi mingga saboq. Bu mening izohim”, — dedi Japarov.






