Hukumat qarori bilan Hunarmandchilik va kasanachilikni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`lari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub`ektlariga subsidiya ajratish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga Hunarmandchilik va kasanachilikni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi mablag`laridan ular faoliyatining dastlabki 3 oyida bir oylik o`rtacha daromadi miqdorida 1 martalik subsidiya beriladi.
Subsidiya olish uchun hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahalliy mehnat organiga yoki YaIDXP (my.gov.uz) portali orqali murojaat qilishi mumkin. Murojaatda kasanachi ma`lumotlari, subsidiya to`lab berilishi lozim bo`lgan hisobvaraq va manzili ko`rsatiladi.
Murojaat 3 ish kunida ko`rib chiqiladi.
Subsidiya ajratish quyidagi holatlarda rad etilishi mumkin:
- hujjatlar to`liq taqdim qilinmaganida;
- kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi Yagona elektron shartnomalar portalida ro`yxatdan o`tkazilmaganda;
- kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi daromadi haqidagi ma`lumot haqqoniyligi tasdiqlanmasa.
Murojaat rad etilganida 1 kunda bu haqida murojaatchiga xabar beriladi.
Subsidiya ajratish haqida qaror qabul qilinganida 5 ish kunida subsidiya murojaatchiga o`tkazib beriladi.
24.07.2023 17:11
Mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi






