AsosiyJamiyat

Buxoro shaharida yangi qurilayotgan 9 qavatli uyda yong`in chiqdi

'Buxoro shaharida yangi qurilayotgan 9 qavatli uyda yong`in chiqdi'ning rasmi

 2023 yil 24 iyul kuni soat 12:20da Buxoro shahar “Bunyodkor” MFYda joylashgan yangi qurilayotgan 9 qavatli uyning chap yon tomoni yuza qismi (alyukobond) yongan.  Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Yong`in qutqaruv avtoekipajlari soat 12:22da etib borib, 12:49da batamom  o`chirilgan. 

Ma`lum qilinishicha, yong`in oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohati olish va halok bo`lish holatlari qayd etilmadi.  

Voqea joyiga 5 ta yong`in qutqaruv avtoekipajlari jalb etilgan. Birlamchi ma`lumotga ko`ra, yong`innining kelib chiqish sababi payvandlash ishlarida yong`in xavfsizligi qoidalarini buzilishi deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarari aniqlashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar