AsosiyJamiyat

Olmaliqda yosh bolalarni ahloqsiz harakatlar qilishga majburlagan erkakka nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi

'Olmaliqda yosh bolalarni ahloqsiz harakatlar qilishga majburlagan erkakka nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliqda bir erkak yosh bolalarni ahloqsiz harakatlar qilishga majburlagani aks etgan video tarqalgan edi.

Ushbu videodagi fuqaro IIB tomonidan qo`lga olingani xabar qilindi.

Bosh prokuratura tomonidan ma`lum qilinishicha, erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi (O`n olti yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Mazkur jinoyat ishi bo`yicha Olmaliq shahar IIB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar