AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Vengriya o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar yo`lga qo`yiladi

'O`zbekiston va Vengriya o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlar yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Toshkent – Budapesht o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlarni Qanot Sharq aviakompaniyasi bajaradi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, aviakompaniya 2023 yilning 20 avgust kunidan ushbu yo`nalishda qatnovlarni  yo`lga qo`yadi.

Mazkur yo`nalishdagi parvozlar Airbus A320 samolyotida amalga oshiriladi.

Batafsil ma`lumotlarni aviakompaniya rasmiy veb-sayti hamda (71) 227-93-07 telefon raqami orqali olish mumkin.

    Boshqa yangiliklar