Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga o`zbek-turkman chegarasi hududida savdo markazini loyihalash va qurish bo`yicha shartnoma tuzishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi.
Shartnoma, shuningdek, qo`shni hududni obodonlashtirish va aloqa, elektr va suv ta`minoti uchun tashqi muhandislik tizimlarini yotqizishni ham o`z ichiga oladi.
Mazkur ob`ekt Turkmanistonning qo`shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida, shuningdek, Turkmaniston hukumati va O`zbekiston Respublikasi hukumati o`rtasida 2021 yil 5 oktyabrda imzolangan Turkmaniston-O`zbekiston chegarasidagi savdo zonasi – savdo markazini tashkil etish va tartibga solish to`g`risidagi bitimga muvofiq quriladi.
Hujjatda qurilish ishlarini 2023 yil iyul oyida boshlash va savdo markazini 2025 yil iyul oyida foydalanishga to`liq tayyor holda topshirish ko`zda tutilgan, deb xabar bermoqda Turkmaniston davlat axborot agentligi.






