Muhokamalar portaliga Vazirlar Mahkamasining “Kollej va texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash istagida bo`lgan xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori loyihasi e`ln qilindi.
Unga ko`ra, Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi:
3 yoshgacha farzandi bo`lgan kollej va texnikumlar o`quvchi-qizlariga masofaviy ta`lim olish imkoniyati yaratiladigan kasb va mutaxassisliklar ro`yxatini tasdiqlaydi;
2023/2024-o`quv yilidan boshlab kollej va texnikumlarda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo`jaligi va xizmat ko`rsatish sohalaridagi kasb va mutaxassisliklarda o`qiydigan 3 yoshgacha farzandi bo`lgan o`quvchi-qizlarga, ularning murojaati asosida masofaviy ta`lim olish imkoniyatini yaratadi.






