AsosiyDunyo

AQShda o`zbekistonlik talaba yigit ishini taniqli sudya Frenk Kaprio ko`rdi(video)

'AQShda o`zbekistonlik talaba yigit ishini taniqli sudya Frenk Kaprio ko`rdi(video)'ning rasmi

Hozirda AQShda yashayotgan asli o`zbekistonlik talaba - Obidjonov Muhammad mashinasini noto`g`ri "parkovka" qilgani uchun sudlandi.

Uning ishini taniqli sudya Frenk Kaprio ko`rdi.

AQShda sport menejmenti yo`nalishida tahsil olayotgan Obidjonov Muhammadga mashinasini belgilanmagan joyga qo`ygani uchun jarima qog`ozi kelgan. Ammo yigit bundan norozi bo`lgan. Uning bu ishini dunyoda eng adolatli sudya nomi bilan tanilgan Frenk Kaprio ko`rib chiqdi.  

Sudya Muhammad bilan suhbatlashib, bo`lgan voqeani yigitning o`zidan eshitdi. Shundan so`ng, u bir nechta jarimalarni bittaga – 35 dollarga qisqartirib berdi.

Obidjonov Muhammad Rossiyada professional futbol o`ynagan, bakalavr darajasini Evropada olgan va hozirda Amerikada sport menejmenti yo`nalishida tahsil olmoqda.

Frank Kaprio 30 yildan ortiq vaqtdan beri Rod-Aylend shtatining Providens shtatining bosh sudyasi bo`lib ishlaydi. Uning suddagi faoliyati televidenieda "Caught in Providence" dasturida namoyish etiladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar