20 iyul kuni Toshkent metropolitenida qoldirib ketilgan shubhali buyum topilgan. Buhaqda IIV Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamentining xabar berdi.
Natijada belgilangan yo`riqnomaga muvofiq noma`lum buyumda portlovchi moslamalar bor yoki yo`qligini tekshirish uchun IIV UKSO xodimlari guruhi chaqirilgan.
Buyum tekshirib ko`rilganda undan portlovchi moslama topilmagan.
Qayd etilishicha, buyumni metro bekatiga tashlab ketgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilib, bilan suhbatdan so`ng dalolatnoma tuzilib, ashyolar egasiga qaytarilgan.






