Muhokamalar portaliga ta`lim muassasalari bitiruvchilari va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning bandligiga ko`maklashish, ijtimoiy moslashuvini tizimli ravishda tashkil etish maqsad qilingan hukumat qarori aniqlandi.
Unda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- Ta`lim muassasalari bitiruvchilari va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarning bandligini ta`minlash bo`yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- Tegishli tashkilotlar bazasini “Bandlik xizmati” axborot tizimiga integrasiya qilish orqali, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning bandlik holatini doimiy monitoring qilib borish tizimi joriy qilinadi.
Bunda, bitiruvchilar va jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning bandlik holatini real vaqt rejimida aniqlash imkoniyatini yaratish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, 2023 yil 1 noyabrdan 2025 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub`ektlariga ishga qabul qilgan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan har bir shaxs uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida bir martalik subsidiya ajratilishi ham belgilangan.
Bunda,
- subsidiya, ishga joylashtirilgan shaxs ish joyida kamida 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so`ng to`lanadi;
- ichki ishlar organlari tomonidan fuqaro jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganligi to`g`risidagi ma`lumotni mehnat organlariga taqdim etib boriladi.






