Markaziy Osiyo davlatlari deputatlari oylik maoshi taqqoslandi. O`zbekiston deputatlari maoshi eng kam bo`lib chiqdi.
Qayd qilinishicha, Qozog`iston deputatlarining maoshi 2050 AQSh dollariga teng (23,8 mln so`m). Undan keyingi o`rinlarda Tojikiston deputatlari – 688 dollar (8 mln so`m) va Qirg`iziston deputatlari – 500 dollar (5,8 mln so`m). O`zbekiston deputatlari 380 dollar (4,4 mln so`m) maosh bilan so`nggi o`rinda qayd etilgan. Turkmaniston bo`yicha ma`lumotlar keltirilmagan.
Deputatlar maoshi eng kam ish haqi bilan ham taqqoslangan. Qirg`iziston deputatlarining maoshi mamlakatda qabul qilingan eng kam ish haqidan 30 barobar yuqori ekani qayd etilgan. Qozog`istonlik deputatlarniki 25 barobar, tojikistonlik deputatlarniki 12,5 barobar yuqori.
Hozirgi vaqtda O`zbekistonda mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori 980 ming so`m ekani inobatga olinsa, deputatlarning maoshi undan qariyb 4,5 barobar yuqori ekani oydinlashadi.






