AsosiyJamiyat

Yangi Toshkent shahridagi er uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi — Prezident qarori

'Yangi Toshkent shahridagi er uchastkalari “E-auksion” orqali sotiladi — Prezident qarori'ning rasmi

“Yangi Toshkent shahrini barpo etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi  Prezident qarori (PQ-232-son, 20.07.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi. 

Qarorga ko`ra, Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklida Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi tashkil etiladi.

Shunga ko`ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirining o`rinbosari – Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi direktori lavozimi joriy etiladi.

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan, ko`p kvartirali uylar, ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko`rsatish ob`ektlarini qurish uchun er uchastkalari Muvofiqlashtiruvchi kengashning qaroriga muvofiq “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion savdolarida sotiladi yoki ijaraga beriladi.

Qarorga muvofiq, 2027 yil 1 yanvargacha Direksiya, investorlar, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari O`zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan qurilish texnikasi, asbob-uskuna, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar uchun bojxona boji to`lashdan ozod qilinadi.

    Boshqa yangiliklar