“Barselona” jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldino kataloniyaliklar safidagi elchi sifatida birinchi ish kunini o`tkazib yubordi. Bu haqda “TASS.ru” xabar bermoqda.
Bir necha kun ilgari “Barselona” Ronaldinoni dunyo bo`ylab o`z elchisi sifatida tanishtirdi. Uning asosiy ishi Katalon klubi vakili sifatida tadbirlarda qatnashish bo`ladi.
Ammo Ronaldino birinchi ish kunida ishga chiqmadi. U “Barselona” va “Deportivo” (4:0) uchrashuvida stadionga tashrif buyurishi kerak edi. Buning o`rniga esa u sohil bo`yicha dam olid.
Ayni damda 36 yoshli braziliyalik futbolchi hech qaysi klub bilan shartnoma imzolamagan vaerkin agent maqomida yuribdi.





