1. Biskvit yaxshi ko`tarilishi tuxumning oqi solingan idishni sovuq suv solingan kattaroq idishga solib ko`piring. Sarig`i esa iliq suv solingan idishda aralashtiring.
2. Yana bir muhim qoida! Tuxumlarni zinhor alyumin idishda ko`pirtirmang, bunda xamirning rangi o`zgarishi mumkin. Agar uni barcha qoidalarga rioya qilgan holda tayyorlasangiz, xamiryumshatgich qo`shmasangiz ham bo`ladi.
3. Biskvit xamirini qolipga solayotganingizda, idish to`lib ketmasligiga, yarmidan sal oshishiga ahamiyat bering. Xamir ko`tarilganda toshib ketmasin.
4. Gaz pechini 180-200 gr. da qizdiring, undan past olovda hamir bo`kib qoladi, balandida esa tagi kuyib, ichi pishmay qolishi mumkin.
5. Yog`och tayoqcha yordamida uning pishgan, pishmaganligini aniqlash mumkin. Buning uchun tayoqchani korjga tiqib ko`rasiz. Agar tayoqcha quruq chiqsa, demak biskvit tayyor.
6. Biskvit pishganidan so`ng soviguncha qolipdan ola ko`rmang. Qolip atrofini nam sochiqqa o`rab qo`ysangiz, oson ajraladi.






