Bugun 22 iyun kuni Termiz shahrida ob-havo sharoitlari tufayli chang-g`ubor hodisasi kuzatilmoqda. Bu haqda O`zgidromet xabar bermoqda.
Havoning ifloslanishini avtomatik monitoring qilish stansiyasi ma`lumotlariga ko`ra:
— soat 09:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 7192 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentrasiyadan 14 baravar oshib ketdi. Shamol tezligi 5-7 m/s. Ko`rinish 500 metr.
— soat 10:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 6241 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentrasiyadan 12 barobar oshib ketdi. Shamol tezligi 7-9 m/s. Ko`rish 700 metr.
— soat 11:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 5739 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentrasiyadan 11 barobar oshib ketdi. Shamol tezligi 7-9 m/s. Ko`rish 700 metr.
— Soat 12:00 da atmosfera havosidagi mayda dispersli PM10 zarrachalarining miqdori 4 542 mkg/m3 ni tashkil etdi va ruxsat etilgan maksimal konsentrasiyadan 9 marta oshib ketdi. Shamol tezligi 5-9 m/s. Ko`rish 1000 metr.
Ochiq havoda bo`lmaslik, binolarni tark etmaslik, derazalarni yopish tavsiya etiladi.
Ochiq havoda bo`lganda niqob va ko`zoynak taqish tavsiya etiladi.






