AsosiyJamiyat

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi normativ hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o`tkazadi

'Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi normativ hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o`tkazadi'ning rasmi

Bugun, 22 iyun kuni Oliy Majlis Senatining qirq ikkinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Dastlab “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to`g`risida”gi Qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

Mazkur Qonun sohadagi muammolarni bartaraf etish va uni tartibga soluvchi yagona qonun sifatida ishlab chiqilgan. 

Unga ko`ra, endilikda korrupsiyaga qarshi ekspertizani o`tkazish nafaqat Adliya vazirligi tomonidan, balki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, yuridik xizmat xodimlari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta`minlash o`z zimmasiga yuklatilgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalariga normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik ekspertizasini o`tkazish huquqi berilmoqda.

E`tiborli jihati jamoatchilik tomonidan taqdim etilgan taklif va tavsiyalar tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy ravishda ko`rib chiqiladi.

Korrupsiyaga qarshi ekspertizani o`tkazishga oid faoliyatni uslubiy jihatdan ta`minlash hamda monitoring qilish Adliya vazirligiga yuklatilmoqda.

Hujjat Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan manfaatdor idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan.

 

    Boshqa yangiliklar