AsosiyJamiyat

Toshkentda "qo`li egri" enaga qo`lga tushdi

'Toshkentda "qo`li egri" enaga qo`lga tushdi'ning rasmi

2023 yil 17 iyun kuni 30 yoshli M.Sh. (ayol) Toshkent shahar Chilonzor tumani IIO FMB boshlig`ining nomiga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U shu kuni soat 09:00 larda, noma`lum shaxs uning yashab kelayotgan Toshkent shahri Chilonzor tumani 19-mavzesida joylashgan xonadoniga erkin ravishda kirib, javon ichida bo`lgan o`ziga tegishli 6102 AQSh dollari miqdoridagi naqd pullarni hamda umumiy narxi 3600 AQSh dollari bo`lgan 1 dona bilak uzuk va 1 dona tilla uzugini o`g`irlab ketganini ma`lum qilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlar natijasida, mazkur jinoyatni ushbu xonadonda enaga bo`lib ishlab kelayotgan 36 yoshli R.Z. (ayol) 16 iyun kuni xonadonda hech kim bo`lmaganidan foydalanib, xonadon egasining yotoqxonasida joylashgan javon ichida bo`lgan pullarini va tilla taqinchoqlarini o`g`irlagani aniqlangan. Tergov jarayonida undan ashyoviy dalil tariqasida jabrlanuvchiga tegishli bo`lgan taqinchoqlari, 2500 AQSh dollari rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, ayol o`g`irlangan pul mablag`larini bir qismini, ya`ni 22,7 mln pullarni milliy valyutaga aylantirib, o`zining bank plastik kartasiga tushirib olgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan R.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «v» bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha R.Z. ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar