AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning 4 ta tumanida “svet” o`chadi

'Bugun Toshkentning 4 ta tumanida “svet” o`chadi'ning rasmi

Bugun Toshkent shahrining bir qator tumanlaridagi ayrim mahallalarda elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ shahar filiali ma`lum qildi. 

Quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:

Olmazor tumani: «Paxta» MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;

Yunusobod tumani: «Sandiq qorgon» MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Yashnobod tumani: «Jarboshi» MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;

Mirzo Ulug`bek tumani: «Gulsanam» MFYning ayrim ko`chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.

“Yuqoridagi hududlarda ta`mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o`tamiz”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar